16:34 / 15.06.2017
5 744

Toshkentda gazdan qarzdorlik 100 mlrd so‘mdan oshib ketgan

Toshkentda gazdan qarzdorlik 100 mlrd so‘mdan oshib ketgan
Bugungi kunda Toshkent shahrining o‘zida gaz tizimi bo‘yicha qarzdorlik 100 milliard so‘mdan ortiqni tashkil qiladi. Qarzdorlik bilan bog‘lik muammolar shuningdek, boshqa viloyatlarda ham mavjud. 14 iyun kuni Xalqaro Press-klubda “O‘zbeknetfgaz: yangi davrga yangi strategiya bilan” mavzusida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyada bu haqda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda "O‘zbekneftgaz" rahbari Alisher Sultonov qarzdorlik holatini izohlarkan, aholining gazdan foydalanish va to‘lovni amalga oshirish madaniyatini oshirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

«Kelinglar, mobil telefonlar endi chiqqan davrlarni esga olamiz. Biz barchamiz «Uzdunrobita»ga borib, navbatda turib, to‘lovni amalga oshirardik, chunki telefonda gaplashishni xohlardik. Xo‘sh, nega gazdan foydalanamizu, yillar davomida uning haqini to‘lamaslik mumkin deb hisoblaymiz. Tushuninglar, gaz — bu juda katta mablag‘ va mehnat evaziga olinadigan resurs. Nima uchun gaz haqini to‘lamaslikni normal holat deb o‘ylaymiz?», — dedi Sultonov.

«Hech birimiz bozordan nonni pulini to‘lamasdan olib ketmaymiz, chunki bu o‘g‘rilik hisoblanadi. Gaz-chi? Uch qavatli dang‘illama hovli qurishga, uni kondisionerlar va quvvati kuchli pechlar bilan to‘ldirishga pul etadi, lekin gaz va elektroenergiyaga to‘lashga etmaydi. Har kim murosa yo‘lini qilishni o‘ylaydi. Bu haqda nafaqat biz, balki butun xalq o‘ylashi kerak», — qo‘shimcha qildi «O‘zbekneftegaz» rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda gazdan qarzdorlik 100 mlrd so‘mdan oshib ketgan