
Samarqand shahridagi Universitet xiyoboni boshida joylashgan, sobiq ittifoq davrida barpo etilgan, ayni paytda zamonaviy talablarga javob bera olmay qolgan 9 qavatli «Inturist» mehmonxonasi buziladi. Bu haqda 16 iyun kuni Samarqand shahar hokimi V.Rahimov jurnalistlar bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Ko‘p yillardan beri ishlatilmasdan va sotilmasdan kelayotgan hamda shaharning ko‘rkini buzib turgan mehmonxona buzilgach, uning o‘rnida yangi, zamonaviy loyiha asosida boshqasi qad rostlaydi.
Yangi mehmonxonaning qurilish ishlarini Qorako‘l Story Engineering mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar