2017 yilning 14 iyun kuni taxminan soat 18:00 larda Avaz Axralovich Isamuxamedov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani hududida joylashgan ovoz yozish studiyasi binosida bo‘la turib, fuqaro Fayzullaev Shermatga tegishli bo‘lgan, bahosi 400.000 so‘mlik «Samsung Tab-3» rusumli planshetini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda xizmatni olib borayotgan Yashnobod tumani IBB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan, deb yozmoqda «Toshkent shahar IIBB» matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi