Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Tolmasova bilan o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, u turmush o‘rtog‘idan qo‘rqqan holda tilla taqinchoqlarini talon-toroj qilib ketilganini o‘ylab topganini tan olgan, aslida shu kuni bir nafar osiyo millatiga mansub noma’lum ayol, eski narsalarni sotib olishini vaj qilib, uyga kirganligini va Tolmasovani bolalari kasalligini, shu sababli tilla taqinchoqlariga «dam solib qaytarish» mumkinligaga ishontirib, tilla taqinchoqlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi hamda hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li qo‘lga kirtish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash yuzasidan chora tadbirlar ko‘rilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Diqqat !!! Ushbu shaxsni kimdir tanisa va turar joy manzilini bilsa yoki uning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar