9 236
Sobiq sovetlar dohiylaridan biri Leonid Ilich Brejnevning eng suyukli ayollari kim edi?..
Brejnevni eslaganda, ko‘pchilik keksa, arang oyoqda tursa ham minbarda nutq so‘zlayotgan, ikki ko‘ksi orden-medallar shodasiga burkangan, tili g‘o‘ldirab qolgan odamni tasavvur etadi. Biroq Brejnev ham qachonlardir yosh bo‘lgan, ayollar bilan munosabat yuritgan. Ammo u ayollar orasida sobiq bosh kotibning suyuklilari barmoq bilan sanoqli edi…
ANNA
Sochida o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarigacha Anna Shalfeeva degan ayol istiqomat qilgan. U mahalliy filarmoniya xonandasi edi. Brejnev Anna bilan Ulug‘ Vatan urushi yillari tanishgan. O‘shanda Anna Vasilevna konsert brigadasi tarkibida jangchilar ruhiyatini ko‘tarish, ularning madaniy dam olishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan konsertlarda faol ishtirok etardi. Ana o‘shanda Brejnev polk komandirining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari edi. Annani ko‘rdi-yu, ovozini ham, o‘zini ham yoqtirib qoldi. Shunday konsertlardan biri yakunlangach, Annani ofiserlar oshxonasiga kirishga taklif etishgan. U hayron bo‘lgan-u, oshxonaga kirgan. Uni kuzatib kelgan ofiser esa shunday degan:
— Iltimos, chiqib ketib qolmang, hozir bu erga Brejnev kiradi…
Ular uchrashishgan va keyinchalik ajralishmagan. Leonid Ilich Annani ko‘plab konsertlari paytida kuzatib borgan.
— Leonid Ilich, — deya eslagandi Anna. — Ko‘plab qiz-juvonlarni sevgan. Lekin unga xonanda qizlardan ko‘ra, hamshiralar ko‘proq yoqardi….
Anna urushdan keyin general, sobiq sovet ittifoqi qahramoniga turmushga chiqdi. Lekin Brejnevni ham xafa qilmadi. Oradan qisqa vaqt o‘tgach, general bilan ajrashib ketdi. Sababi, general unga qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘ygan, Anna uchun esa qo‘shiq hayotdek muhim edi…
Anna Vasilevna eridan voz kechgandan keyin ham Brejnev bilan uchrashishdan tiyilmadi. Har gal Leonid Ilich Sochiga dam olish uchun kelganda, ular albatta uchrashishar, Brejnevning muolajalari tugaguncha birga bo‘lishardi. Baxtga qarshi oradan bir necha yil o‘tgach, munosabatlarga nuqta qo‘yildi. Annaga esdalik bo‘lib birga tushgan suratlari qoldi xolos.
Anna Vasilevna bir xonali kommunal kvartirada yashardi. Qo‘shnilari piyonistalar bo‘lgani uchun tinchlik deyarli yo‘q edi. Bir kuni dugonalaridan biri unga maslahat soldi.
— Hoy, ko‘zingni och, Brejnevga xat yo‘lla va kvartira so‘ra!..
Bu maslahat ustida Anna ancha vaqt o‘yladi. Ikkilanaverdi. Biroq piyonista qo‘shnilari joniga tegishda davom etardi. Bir kuni Anna haqiqatan Brejnevga xat yozdi. Konvert ichiga esa xat bilan ikkovlari birga tushgan suratni ham joylab qo‘ydi. Qarabsizki, oradan taxminan 10 kun o‘tib Sochi shahar partiya qo‘mitasi rahbarining shaxsan o‘zi kelib Annaga markazdan ikki xonali kooperativ kvartira ajratilganini ma’lum qildi…
1997 yili Anna Vasilevna olamdan o‘tdi. Uning vasiyatiga ko‘ra, kvartirasi qachonlardir Brejnevga xat yo‘llashni maslahat qilgan dugonasiga qoldi.
NINA
Brejnevning keyingi suyukli ayoli shaxsiy hamshirasi Nina Korovyakova bo‘lgan. Jiyani Lyubov Korovyakova esdaliklarida shunday jumlalar bor edi:
— Brejnev Ninani ko‘rganda, frontdagi harbiy vrach Tamarani ko‘rgandek bo‘larkan. Tamara bilan urush yillari uchrashib, bir-birlariga ko‘ngil qo‘yishgan…
Brejnev Ninaga shu qadar qattiq bog‘lanib qolgandiki, hech kim undan kuch bilan ayira olmasdi. Ninaga ham bosh kotibning qaynoq munosabati yoqardi. Shuning uchun har kuni Brejnevning e’tiborini tortadigan darajada kiyinishga harakat qilardi. Ammo faqat Sochida dam olish paytidagina ular rostakamiga uchrashib, ko‘ngil ko‘ngildan suv ichardi. Moskvada esa bunga Brejnevning atrofidagilar xalal berishardi. O‘sha davrda sobiq sovetlar mamlakati sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida faoliyat yuritgan akademik Evgeniy Chazovning esdaliklarida ham Nina va Brejnev munosabatlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
— Nina Brejnevga siyosiy jihatdan ham kuchli ta’sir o‘tkaza olgan, — deb yozadi Chazov. — Masalan, u bir kuni davolovchi vrachini bosh kotibdan uzoqlashtirishgacha borgan. Bunga Ninaning Brejnev bilan uzoq qolib ketishiga xalal berishlari sabab bo‘lgan. Oradan qanchadir o‘tib davlat xavfsizlik xizmati (KGB) rahbari Yuriy Andropov Brejnevga Ninaning eri munosabatlariga qarshi ekani, zudlik bilan bu munosabatga nuqta qo‘yish zarurligini uqtirmoqchi bo‘ldi. Afsuski, shu zahoti javob oldi.
— Yura, — dedi Leonid Ilich. — Bu mening shaxsiy muammom. Bu muammoga hech qachon aralashma!..
Baxtga qarshi, Andropov baribir aytganini qildi. Ninani kuch bilan Brejnevdan uzoqlashtirdi. Buning uchun maxsus usul ishlab chiqildi. Unga yuqoridan kelib boshqa ishga o‘tkazilayotganini aytishdi. Lekin Nina Brejnev bilan xayrlashmaguncha joyidan jilmasligini aytib turib oldi. Shunda maxsus odamlar allaqachon qarib qolgan Brejnevni hovliga olib chiqishdi-da, uzoqdan xayrlashishga izn berishdi. Shu ondayoq bosh kotibni etaklab ortga qaytishdi. O‘sha-o‘sha hamshira Nina Brejnev bilan qaytib uchrashmadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin