Namanganda 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda gumonlangan shaxsning surati tarqaldi (foto)

Namanganda 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda gumonlangan shaxsning surati tarqaldi (foto)

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan 52 yoshli K.M. protsessual tartibda ushlangan va sud tomonidan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda gumonlanuvchining fotosuratlari tarqalmoqda. Shuningdek, qizaloqning onasi bilan suhbatda K.M.ning ayoli undan arizasini qaytarib olishi evaziga pul taklif qilganini ma’lum qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar gumonlanuvchiga nisbatan qonun doirasida qat’iy jazo qo‘llanishi kerakligini ta’kidlamoqda. Ayrim kuzatuvchilar bunday jinoyatlar uchun jazo boshqa shaxslar uchun ham ogohlantiruvchi omil bo‘lishi kerakligini yozgan.

Ayni paytda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Gumonlanuvchining aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlanmaguncha, u aybdor hisoblanmaydi.

Oq fonda qisqa sochli va yoshi katta kishining portreti.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar