10:50 / 20.06.2017
5 216

Mashhur italiyalik modeler Karla Fendi vafot etdi

Mashhur italiyalik modeler Karla Fendi vafot etdi
Jahonga mashhur Fendi guruhining rivojlanish strategiyasini ko‘p yillar davomida belgilab bergan italiyalik modeler Karla Fendi Rimda 81 yoshida vafot etdi.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, yaqinda o‘pkasidagi og‘ir xastalikni boshidan o‘tkazgan Fendi kasalxonadan chiqqan va o‘zining mashhur Palasso Ruspoli qarorgohiga qaytib ketgan.

Karla 1925 yilda ota-onasi tomonidan asos solingan Fendi guruhining faxriy prezidenti edi. Bu kompaniya italyan yuqori moda dunyosida o‘ziga xos noyob hodisa bo‘lgan, sababi 1950-yillar boshida uni birdaniga besh opa-singil boshqargan - Paola, Anna, Franka, Karla va Alda.

Karla va opa-singillarning eng muhim qarorlaridan biri – modalar uyiga nemis dizayneri Karl Lagerfeldning taklif etilishi bo‘ldi. U uzoq yillar davomida Fendi brendi art-direktori lavozimida ishladi. 1966 yilda Lagerfeld modalar uyining mashhur belgisini o‘ylab topdi – ikki F harfi, ulardan biri to‘ntarilgan.

Opa-singil Fendilar va Lagerfeld tufayli Fendi modalar uyi 1980-yillarda nufuzli kiyim-kechaklar sohasidagi jahon etakchilaridan biriga aylandi, biroq 1999 yilda guruh LVMH (Louis Vuitton Moët Hennessy S.A) xoldingi tarkibiga kirdi hamda opa-singil Fendilar kompaniyadagi boshqaruv lavozimlaridan mahrum bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashhur italiyalik modeler Karla Fendi vafot etdi