Musulmonlar dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar (Qahva)

Musulmonlar dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar (Qahva)
Rivoyatlardan birida Xolid degan arab kishi Efiopiya janubidagi Kaffa degan joyda qo‘y boqib yurib, qo‘ylarining mevalardan birini yeganidan keyin harakatchan bo‘lib qolayotganini sezgan, — O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portali. O‘sha mevalarni terib olgan Xolid birinchi bo‘lib qahva qaynatgan.

Qahva dastlab Efiopiyadan Yamanga eksport qilingan. XV asrga kelib esa Makka va Turkiyaga tarqalib 1645 yil Turkiya orqali Venetsiyaga o‘tgan. Angliyaga qahvani 1650 yil turk tadbirkori keltirgan va Londonning Lombard ko‘chasida qahvaxona ochgan.

Arabcha “qahwa” so‘zi turkchada “kahve” deb talaffuz qilingan. Italyanlar bu so‘zni “caff?” shaklida, inglizlar esa ikki “e” orttirib “coffee”, deb atagan. ruschada esa – “kofe”, deyiladi.

Manba: Hordiq.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar