Toshkentda "Yandex Go" ishlamay qoldi: foydalanuvchilar taksi chaqira olmayapti

Toshkentda "Yandex Go" ishlamay qoldi: foydalanuvchilar taksi chaqira olmayapti

O‘zbekistonda "Yandex Go" ilovasi faoliyatida nosozliklar yuzaga keldi. Toshkentda foydalanuvchilar taksi buyurtma qilish va yo‘nalish tuzishda muammolarga duch kelmoqda.

Nosozliklar sabab ayrim foydalanuvchilar avtomobil chaqirishda xatoliklarga duch kelib, buyurtmani yakunlay olmayapti. Natijada xizmatdan odatdagidek foydalanish qiyinlashgan.

Taxminlarga ko‘ra, muammo Rossiyadagi ma’lumotlar markazlaridan birida yuzaga kelgan nosozliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. OAV xabarlarida markazlardan biri dron hujumi oqibatida zarar ko‘rgani aytilmoqda. Biroq ushbu hodisa va "Yandex Go" faoliyatidagi uzilishlar o‘rtasidagi bog‘liqlik hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Ayni paytda nosozliklarning aniq sababi yuzasidan rasmiy izoh kutilmoqda. Vaziyatga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar