Facebook asoschisi Mark Sukerberg ilk marta musulmon oila bilan birga iftorlik qildi, deb yozadi Kun.uz nashri. Sukerburg Minneapolisdagi somalilik qochqinlar guruhi davrasida iftorlik taomlarini baham ko‘rdi.
"Siz qochqin sifatida ko‘pincha biror bir mamlakatni tanlay olmaysiz. Men umrining 26 yilini qochqinlar lagerida o‘tkazgan kishidan "Amerikada o‘zingizni o‘z uyingizdagidek his qilasizmi?" deb so‘raganimda u menga oddiy va chuqur ma’noli javob qaytargandi: "Uy - bu o‘zingiz istagan ishni qilishingiz mumkin bo‘lgan joy. Ha, bu uyga o‘xshab ketadi". Dunyoda inson o‘zini bemalol his qiladigan joylar kam", - deb yozdi M.Sukerberg o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
U iftorlik uchun somalilik qochqinlarga minnatdorchilik bildirdi: "Men sizlarning yangi joyda yangicha hayot qurishga bo‘lgan harakatlaringizdan katta taassurot oldim, sizlar bu mamlakat nima uchun shunchalik buyuk ekanini yodga soluvchi kuch hisoblanasiz".
Ijtimoiy tarmoqning Muhammad Jama ismli foydalanuvchisi Sukerbergning posti ostidagi izohlarda iftorlikdan olgan taassurotlari va surati bilan bo‘lishgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi