Fuqaro foydasiga 171 mln. so‘m qarzdorlik sabab avtotransport vositasi xatlandi

Fuqaro foydasiga 171 mln. so‘m qarzdorlik sabab avtotransport vositasi xatlandi

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga notariusning ijro xatiga asosan qarzdor A.N.dan undiruvchi A.D. foydasiga 170 911 ming so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli ogohlantirishlar berilgan.

Shuningdek, qarzdorga ijro ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 15 kunlik muddat berilgan.

Biroq qarzdor tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ijro choralari ko‘rilgan. Xususan, qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositasi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Keyinchalik mazkur avtotransport vositasi davlat ijrochisi tomonidan xatlanib, qarzdorlikni qoplash maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Majburiy ijro choralari qarzdorliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda undirish, undiruvchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar