11:20 / 28.06.2017
20 032

2050 yilga kelib O‘zbekiston aholisi qancha bo‘lishini bilasizmi?!

2050 yilga kelib O‘zbekiston aholisi qancha bo‘lishini bilasizmi?!
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha boshqarmasi «Dunyo aholisi istiqbollari 2017» hisobotini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur hisobotda O‘zbekiston aholisining o‘sishi borasidagi taxminlar ham o‘rin olgan.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston aholisi qariyb 32 million (31 911 million) kishini tashkil qilmoqda. Jinslar kesimida ayollar soni (16 003 million) erkaklardan (15 907 million) biroz ko‘pligini ko‘rish mumkin. 24 yoshgacha bo‘lganlar va 25-59 yosh oralig‘idagi kishilarning aholi sonidagi ulushi teng deb hisoblanmoqda (46 foizdan). 60 yoshdan yuqori yoshdagilar esa aholining 8 foizini tashkil qilmoqda.

BMT tahlilchilari O‘zbekiston aholisining 2030 yilda 36 712 million kishiga, 2050 yilda esa 40 950 million kishiga etishini taxmin qilishmoqda. Asr oxiriga borib yurtimiz aholisi kamayishi hamda 2100 yilda aholi soni 38 142 million nafarni tashkil qilishi mumkin.

Aholining kamayishiga O‘zbekistonda har bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilish soninning tobora kamayib borayotgani sabab bo‘ladi. Jumladan, 1990-1995 yillarda bir ayolga 3,95 nafar bola to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2010-2015 yillarda bu ko‘rsatkich 2,38 nafarni tashkil etgan. Bugungi kunda esa bir ayolga 2,24 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelmoqda. Tug‘ish koeffisienti tobora pasayib borib, asr oxirida 1,79 nafargacha kamayishi taxmin qilinmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rishi 71,4 yoshni tashkil qilmoqda. Bu esa 1990 yilgi ko‘rsatkichdan 5,1 yilga ko‘pdir. Asr so‘ngigacha o‘rtacha umr 82 yilga teng bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda bolalar o‘limi ham tobora kamayib borayotganini kuzatish mumkin. Jumladan, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi koeffisienti har ming nafarga 32,5 nafarni tashkil qilmoqda. Solishtirish uchun, 1990 yilda bu ko‘rsatkich 74,2 nafarni tashkil etgan.


Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston aholisi 32 million kishidan oshganini ma’lum qilgan edi.

Manba: soglom.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2050 yilga kelib O‘zbekiston aholisi qancha bo‘lishini bilasizmi?!