
Rossiyaning Moskva viloyatidagi bir ayol o‘n bir va ikki yoshli qiziga pichoq bilan tashlangan va buning oqibatida ular jarohat olgan.
Qorin qismidagi jarohatlar sabab qizlarning bugungi ahvoli ancha og‘ir. Mazkur holatga ayolning eri bilan ajrashayotgani sabab bo‘ldi, deb taxmin qilinmoqda.
Hozirda tergovchilar buning qanchalik haqiqat ekanini bilish uchun tergov ishlari olib borishmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, shubhalanuvchi qizlariga ular uxlayotganda pichoq bilan tashlangan va oqibatda nafaqat qizlar, balki ayolning onasi ham jabrlangan. Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan “uchta jismoniy shaxsning hayotiga qasd qilgan” bandi bilan ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar