00:09 / 30.06.2017
4 683

Video: Chililik jarrohlar operasiya vaqtida terma jamoa uchrashuvini tomosha qilishdi

Video: Chililik jarrohlar operasiya vaqtida terma jamoa uchrashuvini tomosha qilishdi
Chilidagi shifoxonlardan birining jarrohlari shundoq operasiya vaqtida Konfederasiya kubogining Chili va Portugaliya o‘rtasidagi yarimfinal uchrashuvini tomosha qilishdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Internetda uchrashuv qahramoniga aylangan, Chili darvozaboni Klaudio Bravoning penaltilar seriyasida to‘pni qaytarishiga shodlanayotgan shifokorlar videoroligi paydo bo‘ldi. Ushbu rolik Chili jamiyatida katta bahs-munozara keltirib chiqardi.

Jarrohlarning bu mas’uliyatsiz xatti-harakatlarini taftish qilish haqidagi ko‘plab murojaatlardan keyin Chili hukumati jarrohlarni mas’uliyatsizlikda aybladi. Chili parlamenti deputati Karla Rubilar shifokorlar barcha mumkin bo‘lgan me’yor va qoidalarni buzishganini va bu holatni tergov qilish lozimligini aytgan.

Uchrashuv esa Chilining penaltilar seriyasidagi 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan va u finalga yo‘l olgan. Penaltilar seriyasida Bravo portugallarning qatorasiga 3 ta to‘pini qaytara olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: Chililik jarrohlar operasiya vaqtida terma jamoa uchrashuvini tomosha qilishdi
ePN