
Hindistonda echki fermer g‘isht sotib olish uchun tayyorlab qo‘ygan pullarni eb qo‘ydi. Bu haqda Hindustan Times xabar bermoqda.
Hodisa Uttar-Pradesh shtatidagi Siluapur qishlog‘ida ro‘y berdi. Fermer Sarvesh Kumar Pal vannaxonaga kirib ketib, eshik ortida cho‘ntagida 66 ming rupiy (1025 dollar atrofida) bo‘lgan shimini qoldirgandi. U yuvingunga qadar kiyimlarini och echki topib oldi.
Sarvesh vannaxonadan chiqqanda jonivor har biri 2 ming ming rupiydan bo‘lgan 29 ta kupyurani yo‘q qilib ulgurgandi. Atigi 2 ta kupyura omon qolgan, biroq ular ham deyarli yaroqsiz holga kelgandi.
Shu tariqa echki o‘z egasiga 62 ming rupiy (960 dollar atrofida) miqdorida zarar etkazdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar