09:31 / 30.06.2017
7 750

Gaz va elektr energiyani uzib qo‘yishda aholining ijtimoiy qatlami inobatga olinadimi?

Gaz va elektr energiyani uzib qo‘yishda aholining ijtimoiy qatlami inobatga olinadimi?
Xalqaro Press-klubning 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasi tabiiy resurslarni asrash, tejash, kommunal to‘lovlar madaniyati kabi mavzularga bag‘ishlandi. Sessiyada Majburiy ijro byurosi direktori B.B.Qudratxo‘jaev, MIB direktorining birinchi o‘rinbosari J.A.Aripov, Toshkent shahar bosh imom xatibi A.Tursunov va qator ekspertlar ishtirok etishdi.

"Kun.uz" muxbirining xabar berishicha, tadbir davomida jurnalistlar gaz yoki elektr energiyasini o‘chirishdan avval ogohlantirish ishlari qanday olib borilishi to‘g‘risida savol berishdi. Shuningdek, ularni yana bir masala – ya’ni aholining yordamga muhtoj qatlamiga qanday imtiyoz yoki imkoniyatlar berilishi ham qiziqtirdi.

Yuqoridagi savollarga Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Bekzod Mavlonov quyidagicha javob berdi:

“Elektr energiyasi va gazdan foydalangan iste’molchilar o‘tgan oy uchun barcha xarajatlarni to‘lashga majbur. Har oyning 11 sanasidan boshlab, byuro xodimlarida qarzdorlar ro‘yxati mavjud bo‘ladi. Albatta, o‘z vaqtida to‘lanmasa, avval iste’molchiga ogohlantirish xati yuboriladi. Aholiga besh kun ichida to‘lovlarni to‘lash uchun imkoniyat beriladi. Bu muddat qonunchilikda ham belgilangan”.

Shuningdek, Bekzod Mavlonov kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan oilalar, yordamga muhtoj, yolg‘iz oilalarning ham shart-sharoiti inobatga olinishi, ularga nisbatan birdan “uzish” choralari ko‘rilmasligi va qarzni to‘lashda yordam berilishini qayd etdi.

“Bu masalada jamoatchilik, mahalla institutlari hamjihatlikda ishlashi va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish choralarini ko‘rishi juda muhimdir”, - deya ta’kidladi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gaz va elektr energiyani uzib qo‘yishda aholining ijtimoiy qatlami inobatga olinadimi?