21:25 / 30.06.2017
12 247

O‘zbekistonda yangi bayram – Yoshlar kuni e’lon qilindi

O‘zbekistonda yangi bayram – Yoshlar kuni e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 30 iyunni Yoshlar kuni deb e’lon qildi. Mazkur taklif “Kamolot” YoIHning Qurultoyida bildirildi va bir ovozdan ma’qullandi.

Qurultoy hozirgina o‘z ishini yakunladi. Aytish kerakki, yoshlarga oid davlat siyosati borasida juda ko‘p o‘zgarishlar haqida gapirildi. Eng muhimi, yangi tashkilotga katta ishonch bildirildi.

Qurultoyda qatnashganlarning xabar berishicha, Yoshlar ittifoqining byudjet mablag‘i ikki baravar oshiriladi, ya’ni 200 mlrd so‘m bo‘ladi. Bu o‘z navbatida Markaziy kengashda yaxshi kadrlar etishmasligining oldini oladi. Sababi, oylik ish haqi o‘rtacha 800 ming so‘m, tumanlarda binolar etishmaydi, xizmat mashinalari yo‘q, moddiy bazasi yaxshi emasligi ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yangi bayram – Yoshlar kuni e’lon qilindi