
Ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning Xarkov shahri yaqinida 29 iyun kuni opa-singil ishtirokida sodir bo‘lgan YTH aks etgan video paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Avtofalokatda halok bo‘lgan qizlar Instagram’da jonli efirni olib borayotgan edi. Mudhish avtofalokat 29 iyun kuni kechqurun yuz berdi. BMW avtomobili avvaliga zarb bilan elektr simyog‘ochga, keyin daraxtga urilgan. Rulda 24 yoshli, orqada esa 16 yoshli singlisi bo‘lgan. Kenja qiz voqea joyida, opasi esa kasalxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etdi.
Nashrning xabar berishicha, qizlar o‘limidan bir necha daqiqa ilgari Instagram’da jonli efirni olib borishgan. Kadrdan qizlarning bir-birlari bilan hazillashib kulganini, shisha idishdan qandaydir ichimlikni ichib, qo‘shiq xirgoyi qilganini ko‘rish mumkin. Oradan sanoqli daqiqalar o‘tgach, kuchli zarba va tez yordamga qo‘ng‘iroq qilayotgan odamlarning ovozi eshitilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar