4 695
Tunash uchun joy qidirish ilovasini o‘ylab topgan uysiz yiliga 115 ming dollar ishlaydi
Amerikalik uysiz-boshpanasiz yigitlardan biri ishga kirib, olti xonali sondan iborat pul ishlab topmoqda. Dollarda, albatta. Bunday kutilmagan boylikka u uysiz insonlar uchun mo‘ljallangan, mobil telefonlar uchun maxsus ilovani yaratish orqasidan erishdi.
O‘zining oldingi ish joyidan bo‘shagach, Preston Fan jonajon Sietlini tark etib, San-Fransiskoga — yirik texnologik kompaniyalardan biriga ishga kirish umidida boradi. Biroq, yigitchaning yonida puli kamroq, begona shaharda esa tanishlari yo‘q edi, shu sababli u boshpanasiz insonlar uchun mo‘ljallangan yotoq joylarida tunashga majbur bo‘ladi.
Bir muddat u qo‘riqchi bo‘lib ishlaydi, bo‘sh vaqtida esa alkogolizmdan tuzatish kurslariga qatnaydi. Aksariyat hollarda u uysizlar uchun mo‘ljallangan boshpanalarda bo‘sh karovat topa olmaydi, shundan so‘ng unda bu jarayonni osonlashtirish g‘oyasi paydo bo‘ladi.
Fan o‘z g‘oyasini uysizlar uchun mahalliy muvofiqlashtiruvchi markazga bayon qiladi, lekin ular uning taklifini rad etishadi. Biroq bu ham uni to‘xtata olmaydi. Alkogolizmdan qutilish kurslaridan birida u Linkedin kompaniyasi vakillarini uchratib qoladi va dardini ularga yoradi. Bunga javoban u kompaniyaga ishga qabul qilingani, korxona hisobidan uy-joy va yiliga 115 ming dollar maosh bilan ta’minlanganini eshitadi.
Preston Fan kompaniyada apreldan boshlab ishlamoqda, biroq hanuzgacha o‘zining ilk topilmasi — uysizlar uchun ilovani unutgani yo‘q. Uning fikricha, garchi shahar meriyasi bu g‘oyani rad etgan bo‘lsa-da, u uysizlarga juda katta yordam bergan bo‘lar edi. Fanning qat’iyatliligi kishini hayratga soladi: nahotki u uy-joysiz, nochor kishida smartfon bo‘lishi va u ilovani unga o‘rnatib olishga qodir deb o‘ylasa? “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi