11:01 / 03.07.2017
10 634

200 ming so‘m sotilayotgan dori aslida 50 ming so‘m ekan

200 ming so‘m sotilayotgan dori aslida 50 ming so‘m ekan
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining yarim yillik ish faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida juda kamyob va faqatgina resept asosida sotiluvchi neoton dorisining narxi haqida savol berildi.

Jurnalistning aytishicha, xususiy dorixonalardan ushbu dorini 200 ming atrofida xarid qilgan. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi neoton dorisining eng arzoni 50 ming so‘m, eng qimmati esa 50 ming 300 so‘mgacha baholanishini bildirdi.

Yana bir jurnalist bugungi kunda bolalarni gepatit A kasalligidan himoya qilish uchun emlanadigan dori vositalari qimmatligini va mamlakatimizda nima uchun ishlab chiqarilmayotgani xususida savol berdi. Masalan, Belgiyada ishlab chiqarilgani 150 ming so‘m, Xitoyda ishlab chiqarilgani esa 100 ming so‘mdan sotiladi.

Mutasaddilarning javobiga ko‘ra, ushbu dorini ishlab chiqarish uchun yurtimizda etarli giyohlar mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ishlab chiqarish uchun tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 200 ming so‘m sotilayotgan dori aslida 50 ming so‘m ekan