
Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida yashovchi Ekaterina. N ismli qiz sobiq futbol qiroli Diego Maradona nomusiga tajovuz qilganini bayon etdi. Qizning aytishicha, nufuzli otellardan birida o‘tirishganda, futbolchi uning ko‘ylagini echib zo‘rlashga uringan. Ammo Ekaterina shovqin ko‘targan.
— Biz nomerda futbolchi bilan o‘tirgandik, — dedi u. — Yonimizda yana ikki-uch qiz, futbolchining vakillari ham bor edi. Kayfi oshib qolgan sportchi kutilmaganda egnimdagi ko‘ylagimni echishga tutindi. Men bunday harakatni Maradonadan sira kutmagandim. Shovqin ko‘tardim. Futbolchining qo‘lidan hattto yonidagi yordamchilari ham meni ajratib olisholmadi. Shunda kimdir otel qo‘riqchilarini chaqirdi. Ular meni yarim yalang‘och holda tashqariga olib chiqib ketishdi…
Rasmiy xabarlarga qaraganda, Ekaterina o‘zini jurnalist deya tanishtirgan va Maradonadan intervyu olish niyatida kelgandi.
Ayni kunda polisiyaga shikoyat arizasi bilan murojaat etgan. U futbolchi zudlik bilan uzr so‘rashini talab qilmoqda. Shubhasiz, bu talab ortida moddiy manfaatdorlik yashiringani aniq bo‘lsa ajabmas.
Manba: hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar