6 453
«Bizga hech narsaning zarurati yo‘q» – 11 farzand onasi Ella Dugina farzandlarini mehnatkash qilib tarbiyalamoqda
Virtual qabulxona xodimlari Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek shaharchasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganish maqsadida bevosita xonadonlarga tashrif buyurishdi. G‘afur G‘ulom ko‘chasidagi bir qator oilalarning ahvoli o‘rganilayotgan paytda 1978 yilda tug‘ilgan Ella Dugina xonadoni va yashash sharoiti barchaning e’tiborini tortdi. Facebook'dagi "Xalq bilan muloqot" guruhida shu haqida ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ella Duginaning turmush o‘rtog‘i yaqin kunlarda Rossiyaga ketgan. Qaynotasi esa qorovul bo‘lib ishlaydi. "Ayniqsa, Ellaning 11 nafar voyaga etmagan farzandi – 7 qiz va 4 o‘g‘li borligi ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi. Birinchi farzandi 12 yoshda, kenjatoyi esa hali 1 yoshga ham to‘lmagan. Yana qizig‘i, Ellaning to‘ng‘ichi 2004 yilda, ikkinchi farzandi 2005 yili, uchinchisi esa 2006 yilda, barchalari noyabr oyining 18-sanasida tug‘ilgan", - deyiladi manbada.
Dugina ko‘p bolali bo‘lishiga qaramay, shu paytgacha biron marta mahalla fuqorolar yig‘iniga moddiy yordam so‘rab kelmagan. Ushbu xonadon a’zolari o‘zlariga tegishli bir parcha hovlida dehqonchilik, asalarichilik, chorva mollari, quyon, tovuq boqish bilan shug‘ullanib, ro‘zg‘orini obod qilib kelmoqda. Jajji bolakaylar onasiga ko‘makchi, qo‘llaridan kelgancha uy yumushlarini bajarishadi.
Hozirda Ella Duginaning qaynotasi 3 xonali ta’mirtalab uyning 1 xonasida, oilaning qolgan a’zolari (13 kishi) ikki xonasida yashab kelmoqda. Oilada bolalarning mehnatsevarligini va yuzlaridan nur yog‘ilib turganini ko‘rgan kishining bu oilaga havas qilmasdan iloji yo‘q. Oiladagi fayzu baraka, bir-biriga mehr, jipslik va eng asosiysi, shukronalik kayfiyati insonni bu hayotda nima muhimligini, intilayotgan maqsadlari qanchalik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor jiddiyroq o‘ylab ko‘rishga undaydi.
Mehmonlar ushbu oilaga ham havas qilishdi, ham qoyil qolishdi. Duginaga, garchi o‘zi so‘ramagan bo‘lsada, xonadondagi mavjud shart-sharoitni hisobga olib, voyaga etmagan farzandlari uchun davlat tomonidan moddiy yordam belgilandi. Ular yashayotgan uyni ta’mirlashga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Oila zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.
"Bizga hech narsaning zarurati yo‘q, – deydi Ella kamtarlik bilan. – Ro‘zg‘orga kerakli hamma narsani o‘zimiz mehnat qilib topyapmiz. Farzandlarim kichikligidan mehnat nimaligini o‘rganib kelishmoqda. Shuning uchun ko‘nglimiz ham, xonadonimiz ham obod".
Albatta, inson uchun hayotda eng muhimi – ko‘ngil obodligi. Ko‘ngli obod odamlar xonadonini ham, mamlakatni ham obod qiladi, fayzga to‘ldiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi