13:17 / 04.07.2017
5 883

Bir yil ichida 450.000.000 co‘m topgan firibgar...

Bir yil ichida 450.000.000 co‘m topgan firibgar...
2016 yil noyabr oyidan 2017 yil aprel oyiga qadar vaqt oralig‘ida Azizov Mirmuxammadoxun Mirmuxammadyaxyo o‘g‘li, Mirobod tumani hududida, fuqaro Davronov Gayratjon Axmedovichning ishonchiga kirib, unga Italiya davlatidan parfyumeriya buyumlarini keltirib berishini va’da qilib, 25.000 AQSh dollari hamda 450.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.


Manba: guvd.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir yil ichida 450.000.000 co‘m topgan firibgar...