Ayni damda butun dunyoda axborot xuruji bo‘y ko‘rsatayotgan bir davrda hech kim sizning mobil qo‘ng‘iroqlaringizni tinglamayotganligi, kompyuteringizni tekshirmayotgani yoki sizning shaxsiy fayllaringizni ochib ko‘rmayotganligiga kafolat bera olmaydi. Internet xakerligi kundan kunga avj olib bormoqda, shu bilan birga sizning telefon qo‘ng‘iroqlaringizni tinglayotgan bo‘lishlari ham mumkin.
Ko‘pchilik men oddiy odamman, mening telefon qo‘ng‘iroqlarim kimni ham qiziqtirar edi deb o‘ylaydi. Aslo unday emas, siz kim yoki kimlar uchundir juda muhim odam bo‘lishingiz ham mumkin. Bekorga dono xalqimiz “O‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma” demagan.
Xo‘sh qanday qilib telefon qo‘ng‘iroqlarimizning tinglanayotganini bilish yoki bundan himoyalanish mumkin?
Bugungi kunda odamlar tomonidan ishlatilayotgan telefonlarning deyarli barchasi internetga ulanish imkoniyatiga ega. Bu esa sizni qulay o‘ljaga aylantirishi mumkin. Internetga ulangan telefon qurilmasiga kirish uchun o‘sha telefon nomerini bilish kifoya, aksariyat holatlarda buning keragi ham bo‘lmaydi.
Sizga quyida taqdim etilayotgan bir nechta telefon kodlari orqali mobil telefoningiz orqali sizni yashirincha eshitishayotganligini aniqlab olishingiz mumkin:
*#06#– ushbu kod smartfoningizning yoki iPhone’ingizning o‘zigagina tegishli IMEI raqamini bilish imkonini beradi. Agar siz IMEI qanday raqam ekanligini shu vaqtgacha bilmasangiz vikipediadan IMEI deb nomlangan maqolani o‘qishingizni tavsiya qilamiz.
*#21#– bu kod orqali esa siz mobil telefoningiz boshqa tomonga yo‘llab so‘zlashuvlar yoki SMS xatlar bog‘lab qo‘yilgani va boshqa ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin. Kimdir sizning smartfoningizda josuslik qilayotgan bo‘lsa tezda bilib olasiz!
*#62#– bu kodni yuqoridagi kodning davomi desa ham bo‘ladi. U orqali sizning so‘zlashuvlaringiz qaysi raqamdagi telefonga yo‘llanganligini bilib olasiz. Agar bu raqam iPhone bo‘lsa u hozir aloqadami yoki xizmat doirasidan tashqaridami bilib olishingiz mumkin.
##002#– bu kod sizga yordamchi bo‘lib, har qanday so‘zlashuvlarni boshqa yo‘nalishga yo‘llashni o‘chiradi va shundan keyin barcha qo‘ng‘iroqlaringizga o‘zingiz javob berasiz.
*#30#– Bu kod esa sizga kirish qo‘ng‘iroqlari kimdan kelayotganligi to‘g‘risidagi axborotni beradi.
*#33#– bu kod sizga xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘lgan nuqtadan keluvchi axborotlar, SMS va boshqa ma’lumotlarga to‘siq qo‘yilganini ko‘rsatadi.
*#43#– bu kod chaqiriq kutilayotgan ma’lumotlarni aks ettiradi.
*3001#12345#*– bu kod “Jeyms Bond” deganday menyu: bunda SIM-kartangiz haqida ma’lumot, uyali tarmoq ogoh ovozlari darajasi, hatto ogoh ovozni qabul qilish o‘rnini ko‘rsatish mumkin.
Ha darvoqe, hamma ma’lumotlar tezkor yangilanib turadi. Buni hisobga olishni unutmang!
Manba: sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...