
Barchaga ma’lum, respublikamizda keyingi paytlarda huquqni muhofaza qilish tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilash, tarkibni qora niyatli xodimlardan tozalash ishlari qizg‘in kechmoqda. Afsuski, shuncha sa’y-harakatlarga qaramay, pul uchun orini va vatanini sotishga tayyor shaxslar ham uchrab turibdi.
Respublika milliy xavfsizlik xizmati tezkor guruhi vakillari yaqinda Farg‘onada maxsus qo‘lga olish operasiyasini tashkil etishdi. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlariga jabrlanuvchining o‘zi ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, milisioner yaqin qarindoshini oliy o‘quv yurtiga tanish-bilish orqali kiritib berish evaziga katta pul talab qilgan. U Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tavallud topgan, Farg‘ona shahar ichki ishlar boshqarmasining qo‘riqchilar bo‘limi komandiri kichik serjant, 39 yoshli Muslim Mamajonov bo‘lib chiqdi.
Tezkor guruh xodimlari uni «A. Sh» ismli fuqarodan jami 2, 5 ming dollar miqdoridagi pullarni qabul qilib olayotganda tutishdi. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar