17:17 / 06.07.2017
12 114

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol a’zosi bo‘lgan talabalar kontraktining 35 %i to‘lab beriladi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol a’zosi bo‘lgan talabalar kontraktining 35 %i to‘lab beriladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkilotning faol a’zosi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining talabalari to‘lov kontrakti miqdorining 35 foizini to‘lab beradi. Bu Prezidentning 5 iyuldagi farmonida belgilandi, deb yozmoqda Uz24 sayti.

OTMlarning bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ta’lim bo‘yicha to‘lov kontrakti miqdorining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, deyiladi hujjatda.

Avvalroq, ushbu tizimda 3 yil va undan ko‘p muddat davomida faol ishlab kelayotgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlang‘ich to‘lovi to‘lab berilishi ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faol a’zosi bo‘lgan talabalar kontraktining 35 %i to‘lab beriladi