12:03 / 08.07.2017
5 078

Amerikalik 10 daqiqada 72 ta xot-dogni iste’mol qildi (Video)

Amerikalik 10 daqiqada 72 ta xot-dogni iste’mol qildi (Video)
Laqabi “Engak” bo‘lgan amerikalik Joui Chestnat (Joey Chestnut) xot-dog eyish bo‘yicha o‘tkazilgan Nathan's Annual Famous International Hot Dog Eating Contest nomli chempionatda yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

U o‘n daqiqa ichida 72 dona sosiskali bulochkani iste’mol qildi. Har yili 4 iyul — AQSh mustaqilligi kuni munosabati bilan Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan musobaqa aks etgan video YouTube kanaliga joylashtirildi.

33 yoshli Joui Chestnat o‘ninchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. U o‘tgan yili mazkur musobaqada 70 dona xot-dog eyishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 20 yoshli Miki Sudo (Miki Sudo) 41 ta xod-dogni iste’mol qilib, to‘rtinchi marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U o‘tgan yili 39 ta xot-dogni iste’mol qilgan edi. G‘oliblar 10 ming dollar mukofot puli bilan taqdirlandi. Tadbirga asosiy taomi xot-dog bo‘lgan, Amerika restoranlar tarmog‘i hisoblanuvchi Nathan's Famous kompaniyasi homiylik qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amerikalik 10 daqiqada 72 ta xot-dogni iste’mol qildi (Video)
ePN