13:33 / 08.07.2017
6 165

Stiven Hoking Er aholisini qo‘rqituvchi bashorat qilmoqda

Stiven Hoking Er aholisini qo‘rqituvchi bashorat qilmoqda
Er sayyorasi kelajakda Veneraga o‘xshab qolishi mumkin. Sayyoramizning falokatiga Amerika prezidentining iqlim bo‘yicha Parij bitimidan chiqish qarori sabab bo‘lishi ehtimoli bor. Mashhur nazariyotchi olim Stiven Hokingga tegishli fikrlarni Sof.uz sayti keltirmoqda.

“Biz shunday chegaraga yaqinlashmoqdamizki, undan keyin global isishni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Trampning qarori Erni ushbu chegaraga olib borishi mumkin, shundan so‘ng Er harorati 250 daraja bo‘lgan va oltingugurt kislotasi yomg‘iri yog‘uvchi Veneraga o‘xshab qoladi”, dedi olim.

1 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp amaldagi kelishuv “adolatsiz” bo‘lganligi uchun iqlim bo‘yicha Parij bitimidan chiqishini e’lon qilgan. Bitimdan chiqish jarayoni to‘rt yil vaqtni oladi. Karbonat angidrid gazining atmosferaga chiqarilishini kamaytirishni tartibga solish chora-tadbirlariga oid hujjatga 195 davlat imzo chekkan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Stiven Hoking Er aholisini qo‘rqituvchi bashorat qilmoqda