Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi qarori bilan “Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yo‘l haqi kompensasiyasini belgilash va to‘lab berish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, 2017 yilning 1 iyulidan e’tiboran qishloq joylarda oilalarga borib tibbiy patronajni tashkil qiluvchi qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarining patronaj hamshiralariga kompensasiya tayinlanadi, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati.
Kompensasiyani belgilash tartibi qanday?
Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarining patronaj hamshiralariga kompensasiya ish vaqti oylik me’yorining haqiqatda ishlangan ish kunidan kelib chiqib tayinlanadi. Bunda patronaj hamshiraga biriktirilgan aholi yashash joyigacha bo‘lgan masofa asos sifatida olinadi. Ya’ni, hamshira qatnovni amalga oshiradigan aholi xonadonlari joylashuvi 10 kilometr va undan ko‘p bo‘lganda eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida patronaj hamshiraga yo‘l haqi kompensasiyasi to‘lanadi.
Qarorda har bir patronaj hamshira uchun kompensasiyaning umumiy miqdori eng kam oylik ish haqining 100 foizidan oshmasligi belgilab qo‘yilgan.
Aholi yashash joyigacha bo‘lgan masofa tuman tibbiyot birlashmasining tegishli buyrug‘ida ko‘rsatilishi lozim. Ya’ni, buyruq bilan qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralariga biriktirilgan aholi punktining nomi va aholi soni, shuningdek, uning ish joyidan biriktirilgan aholi punktigacha oraliq masofa ko‘rsatilgan ro‘yxat tasdiqlanadi.
E’tiborli tomoni, kompensasiya mablag‘lari tuman tibbiyot birlashmalarining yillik xarajatlar smetasida shu maqsadda ko‘zda tutilgan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Kompensasiya puli patronaj hamshiralarning egallab turgan ish stavkasiga mos ravishda to‘lanadi. Mazkur mablag‘ hamshiraning yo‘l haqi kompensasiyasi bo‘lgani bois, mehnat ta’tili yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrida to‘lanmaydi.
Hamshiralar kompensasiya mablag‘ini alohida to‘lov qaydnomasi bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi buxgalteriyasi orqali olishadi.
Yana bir jihati shundaki, ushbu Nizomda belgilangan kompensasiya mablag‘i hamshiralarning daromadi sifatida qaralmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolar sug‘urta badallari solinmaydi.
Kompensasiyaning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishi ham nazoratga olingan. Bu vazifa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Patronaj hamshiralarga kompensasiya mablag‘larini to‘lash tartibi buzilsa, aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...