
Ayni kunlarda butun O‘zbekiston bo‘ylab jazirama kunlar o‘tmoqda. Avval xabar berganimizdek, ob-havo o‘zining tarixiy maksimumini takrorlash arafasida. Mutaxassislar bunday paytlarda, salqin joylarda, uyda yoki ishxonada bo‘lishni tavsiya etishadi.
Ammo kasbi tufayli jaziramani ham mensimay mehnat qilayotgan fidokor insonlar uchun ob-havoning qanday kelishi chikora ish. Ijtimoiy tarmoqlarda ana shunday issiq kunda o‘z o‘rnini tashlab ketmay, yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlayotgan inspektorning jonkuyarligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
“Ko‘chada 50 daraja issiq, ammo u bir soatdan beri ishlamoqda. Bunday inspektorlar hurmatga loyiq”, - deb yozadi post muallifi.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning aksariyati mazkur inspektorning xatti-harakatini olqishlashgan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar