09:31 / 10.07.2017
5 796

11 yoshli Ubay matematikadan xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi

11 yoshli Ubay matematikadan xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Xo‘ja Alambardor masjidi imom-xatibi noibi Husaynxon qori Yahyo Abdulmajidning o‘g‘li Ubay Yahyoyev Bolgariyaning Nesebr shahrida yaqinda bo‘lib o‘tgan «Chegarasiz matematika–2017» matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadaning final bosqichida qatnashgan.

Bu haqda «Qaqnus media» nashriyoti direktori Mubashshir Ahmad «Feysbuk»da ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida ma’lum qilganligini Kun.uz nashri bildirmoqda.

Ubay Husaynxon o‘g‘li 11 mamlakatdan kelgan 1200 nafar kuchli matematik orasida o‘z yosh bosqichi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘lgan.

«Toshkentdagi «Erudit» xususiy maktabida tahsil olayotgan o‘n bir yoshli Ubay sakkiz yoshida Qur’oni karimni mukammal yodlagan hofizi Kalomulloh. Rus, ingliz va fransuz tillarini juda yaxshi biladi», — deb yozadi muallif.

«Olimpiadada g‘olib bo‘lganidan xabardor bo‘lgach, Husaynxonga buni e’lon qilish kerak, dedim. U kishi kamtarinlik qilib rozi bo‘lmadilar. Bu xabar qolganlarga o‘rnak, ilm toliblariga turtki, din va dunyoni ajratadiganlarga saboq va «chalamulla» deya kamsitayotganlarga javob bo‘lishini o‘ylab, otani ko‘ndirdim», — deb yozadi xabar muallifi.

«Ubay Husaynxon o‘g‘li xalqaro matematika olimpiadasining oltin medali sohibi! Buxoriylarning zamonaviy avlodi mana shunday bo‘ladi!» — deb fikrini yakunlagan Mubashshir Ahmad.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 11 yoshli Ubay matematikadan xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi