2013 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd qilishga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun ozodlikdan mahrum etilgan Qozog‘iston fuqarosi Ilya Pyanzin afv etish borasida murojaat bilan chiqdi. Bu haqda «Kommersant’» gazetasi yozmoqda.
«Jinoyat sizga qarshi yo‘naltirilgandi, shuning uchun sizga shaxsan murojaat qilishga qaror qildim», - deyiladi Pyanzinning murojaatida.
Pyanzinning rafiqasi ham murojaat Samara viloyatidagi 26-sonli qattiq tartibli koloniya ma’muriyatiga may oyida yuborilganini ma’lum qildi.
Qozog‘iston fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, u fitna ishtirokchisiga tasodifan aylangan. Bundan tashqari, gazetaning yozishicha, undan foydalanishgan, “u aslida nima qilishmoqchi ekanini tushunganda esa, ortga chekinish uchun vaqt qolmagandi”.
“Men qo‘rqib ketdim. Garchi qo‘rquv mening bu ahmoqona jinoyatda ishtirok etganimni oqlay olmasligini ham tushunganman», - deya ma’lum qildi Pyanzin.
RIA Novosti’ning xabar berishicha, 2012 yilda Odessa shahrida ekstremistik guruh faoliyati fosh etilgan. Unga chechenistonlik Adam Osmaev va Ruslan Madaev hamda Qozog‘iston fuqarosi Ilya Pyanzinlar a’zo bo‘lgan. Odessadagi ularning bazasi hisoblangan xonadonlardan birida qo‘lbola bomba ishlab ketgan. O‘shanda Madaev halok bo‘ldi, qo‘lga olingan Pyanzin esa Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlariga sheriklari portlovchi qurilmani Vladimir Putinga suiqasd uchun tayyorlashganini aytib o‘tgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...