Muftiy Usmonxon Alimov Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdi

Kecha, 10 iyul kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayx ul-Islom Ollohshukur Poshshozodaning taklifiga binoan, Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga jo‘nab ketgandi.
Bugun, 11 iyul seshanba kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Ortiqbek Yusupov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimovni o‘z qarorgohida qabul qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida ikki diniy idora o‘rtasidagi mavjud aloqalarni yanada rivojlantirish va hamkorlik sohalarini kengaytirishni rejalashtirilgan.
Shuningdek, safar davomida O‘zbekistondan borgan delegasiya Ozarbayjonning bir qator davlat tashkilotlarida ham bo‘lib, u yerda uchrashuvlar o‘tkazishni belgilagan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifi 13 iyul kuniga qadar davom etadi.

Izohlar 0
…