7 iyul kuni “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan Xalqaro press-klubda jurnalistlar tomonidan “O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning obodonlashtirish va dala ishlariga majburiy jalb etilishi to‘g‘rimi? Senatorlar va qonunchilik bunga qanday munosabat bildiradi?”, degan savoliga senatorlardan biri “Respublikamizning turli hududlarida, viloyatlar bo‘ylab deputatlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarning hali birortasida o‘qituvchi biz bugun ko‘cha tozalayapmiz, degan shikoyat bilan chiqqani yo‘q. Ular biz bilan uchrashuvlarda majburiy mehnat haqida og‘iz ochayotgani yo‘q va bunday holat kuzatilmagan”, degan javobni berdi.
Bu javob esa insonni biroz mushohadaga chorlaydi ham o‘ylantiradi. Xo‘sh, bu borada aslida kim haq? Uchrashuvlarda qop-qop va’dani berib, bir olam maqtov eshitib qaytgan senatorlarmi yoki qo‘li kosovga aylangan, ma’rifatli “mardikor” sifatida qaralayotgan o‘qituvchilarmi?..
Barchamizga ma’lumki, bunday tadbirlar yoki ochiq muloqotlar qandaydir muammo hal etilishi, qaysidir masala yuzasidan bir to‘xtamga kelish maqsadida tashkil etiladi. Xalq ham shuning uchun ularni umid bilan tomosha qiladi. Ammo janob mutasaddilar bu safar muammoga echim bermasdan, uni aylanib o‘tish orqali uddaburonlik bilan o‘zlarini oqlashdi. Bunga, albatta, qoyil qolmasdan iloj yo‘q. Sababi, o‘qituvchi, shifokorlar, maktabgacha ta’lim muassasa vakillarining anchadan buyon ham mardikor, ham o‘zining belgilangan vazifasiga ustma-ust topshiriq olib, faoliyat yuritayotgani to‘g‘risidagi muammo barchaga kundek ravshan-ku. Bu masala qachonlardan buyon o‘z echimini kutib, charchagan, chaynalgan dardga aylanib ulgurdi axir. Nahotki, bunday oshkora muammolarga ham qandaydir murojaatlar yoki shikoyatlar shart bo‘lsa?
To‘g‘ri, xalqimizni ko‘pincha andishalikda, oriyatlilikda ayblaymiz. Muammo gazak olib ketmaguncha jim o‘tirishiga sha’ma qilib yuramiz. Qiziq, qaysidir muammo yuzasidan qachonki shikoyat kelib tushsagina, uni hal qilishga kirishish kerakmi? Xo‘sh, bunday shikoyatni kim beradi? O‘zi zo‘rg‘a ishga kirgan, oilasini boqish uchun iqtisodi haminqadar bo‘lgan o‘qituvchimi? Axir xalqni faqat yuqoridan kuzatib emas, uning yozma murojaatini kutib o‘tirmasdan, jamiyat muammosini sidqidildan o‘rganish vaqti kelmadimikan?
Kechirasiz-u, agar qadrli deputatlarimiz faqat saylovoldi tashviqot ishlarida emas, saylovdan keyin ham men bu erdaman, saylanishdan avval sizlarga bir qop va’dalar bergandim, bugun muammoni hal etishga keldim, deb tursalar, odamlar dardini aytishga xojat ham qolmagan bo‘lardi. Agar shunday bo‘lganida bugun murojaatlarga to‘lib ketgan xalq qabulxonalariga ehtiyoj sezmasmidik?..
Yuqorida senatorimiz ta’kidlab o‘tganidek, agar muammoni o‘qituvchilarimiz deputatlarimizga bildirishlari kerak bo‘lsa, avvalo, deputatlarning o‘zlari kim, bugungi kunda bu vazifada kimlar faoliyat yurityapti, ularning elkasidagi vazifalar nimalardan iborat, degan savolga oddiy xalq qanday javob berarkan? To‘g‘ri, ular xalqning ishonchli vakillari hisoblanishi haqida hamma birdek xabardor. Lekin bugun odamlar kim deputatu, kim senator ekanini bilisharmikan? Ularning biror marta o‘z tashabbusi bilan xalqning qaysidir muammosini hal etib, kimlargadir yordam qo‘lini uzatganini eslay olamizmi? Menimcha, yo‘q. Buning uchun ularga albatta, qandaydir murojaatlar yoki yozma shikoyatlar kerak.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi