
2017 yilning 9 iyul kuni taxminan soat 23:30larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yusupova Manzura Murodjon qizi va Abduraximova Durdona Rustam qizi, Shayxontohur tumani hududida, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib, 800.000 so‘m pul evaziga fuqaro “A” ni ikki nafar ayollar bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun tanishtirib qo‘yganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, g‘arazli niyatlarda qo‘shmachilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar