15:25 / 14.07.2017
7 266

Vazir Amerikadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Vazir Amerikadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘zbekistonliklarga murojaat qilgan, deb xabar berdi Kun nashri. U murojaatini Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga ingliz tilida joylashtirgan. Quyida uning originali va tarjimasini keltiramiz.

Dear friends in USA,
As you may be aware that the President of Uzbekistan is visiting UN General Assembly on September. So why don’t we try to organize his meeting with the prominent uzbeks living there? For instance, it was a great experience for me meeting with our first president, while we were studying in USA in 1999. So I was thinking that if we could make something like this it would be an excellent memorable experience for our people living there as well.

For this, I need volunteers, who might help make the list of potential participants (full names, positions, contact info). If we could make a list with many prominent uzbeks living there (e.g. scientists, professors, doctors, businessmen, high officials at international organizations and other successful people as well as students), who might be interested in such a meeting, then I’ll try to report this idea to the Administration”.

“AQShdagi qadrdon do‘stlar,
Xabaringiz bo‘lsa kerak, O‘zbekiston Prezidenti sentyabr oyida (2017 yil) BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etadi. Shunday ekan, nima uchun biz u erda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan uning (Prezidentning) uchrashuvini tashkil qilishga harakat qilmaylik? Masalan, 1999 yili bizlar AQShda tahsil olayotganimizda Birinchi Prezidentimiz bilan uchrashuvimiz ajoyib bo‘lgan edi. Shunday ekan, biz shunga o‘xshash uchrashuvni tashkil qila olganimizda, bu o‘sha erda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarimiz uchun ajoyib, yodda qoladigan voqea bo‘lar edi, degan fikrdaman.

Buning uchun menga ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirishda ko‘mak beradigan ko‘ngillilar kerak (ism-shariflari, lavozimi, aloqa qilish uchun ma’lumot). Agar biz mazkur uchrashuvga qiziqish bildirgan, u erda yashayotgan ko‘plab taniqli o‘zbeklar ro‘yxatini tuza olsak (masalan, olimlar, professorlar, doktorlar, tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlardagi yuqori lavozimli mulozimlar va boshqa muvaffaqiyat qozongan o‘zbeklar va albatta talabalar), men bu haqda Prezident devoniga ma’lum qilishga urinib ko‘rar edim”, — deyiladi Sherzod Shermatov tashabbusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir Amerikadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi