15:18 / 15.07.2017
7 642

Deputatlar Prezidentga taklif bilan chiqishdi

Deputatlar Prezidentga taklif bilan chiqishdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 12 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga deputatlar bir qator takliflar bilan chiqishdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov ikkita taklif bilan chiqdi. Deputatning birinchi taklifi maktabgacha ta’lim muassasalarini yanada isloh qilish haqida bo‘ldi. Ya’ni, mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘rtacha 26 foizi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan. Bu ko‘rsatkich ba’zi hududlarda 3-4 foizni tashkil etadi. Shuning uchun “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgan.

Deputatning ikkinchi taklifi siyosiy partiyalarning qoshida o‘quv markazlarini ochish to‘g‘risida bo‘ldi. Ushbu markazlar partiyalarning kadrlar masalasi hamda ularning faoliyati yanada samarali bo‘lishida yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sosial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi To‘lqin Abdusattorov muammolar echimiga oid taklif bilan chiqdi.

Uning aytishicha, mamlakatimizda fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan muammolarni o‘rganish va ularga echimi bilan shug‘ullanuvchi tizim ishlab chiqilgan. Prezident virtual qabulxonasi xalq tomnidan yo‘llangan har bir murojaatni o‘rganib chiqmoqda. Shu bilan birga, muammolarning echimi bo‘yicha taklif va mulohazalarni qabul qiluvchi saytni ishga tushirish foydadan xoli emas. Bunday tajriba rivojlangan mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan mulohazalar muntazam o‘rganib boriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputatlar Prezidentga taklif bilan chiqishdi