Dalvarzintepa arxeologik ob’ektidagi qazishmalar chog‘ida eramizdan avvalgi 110-127 yillarda hukmronlik qilgan Kushon imperatori Vima Kadfizga tegishli muhr topildi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi san’atshunoslik institutining san’atshunoslik ekspedisiyasi qadimgi Baqtriya hududidagi Dalvarzintepa arxeologik ob’ektida qazishma ishlarini olib bordi. Qazishma ishlari chog‘ida sopol idishlar, erkak va ayollarning loydan yasalgan haykalchalari, atir idishi, toshga o‘yilgan hayvon tasviri va 50 dan ortiq mis tangalar topildi.
Topilgan buyumlar orasida ikki tomoniga erkak kishi tasviri tushirilgan muhr ham bo‘lib, kimyoviy qayta ishlov jarayonida u Kushon sulolasi asoschisi Kadfiz Kudjulaning o‘g‘li imperator Vima Kadfizning tasviri ekanligi aniqlandi. U eramizdan avvalgi taxminan 110-127 yillarda imperiyani boshqargan.
Dalvarzintepa shahar xarobasi Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani hududida joylashgan bo‘lib, Kushon imperiyasining Markaziy Osiyodagi mashhur tarixiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bir qancha vaqt u imperiyaning poytaxti ham bo‘lgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, uning o‘g‘li Kanishkaga (hukmronlik davri er.av. 127-154 yillar) tegishli muhr yarim asr ilgari Hindistondan topilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi