
Toshkent shahrida voyaga etmagan shaxsning mashina olib qochishi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda IIV rasmiy saytiga tayanib Daryo xabar berdi.
«9 iyul kuni soat 22:20 dan 10 iyul kuni soat 03:30 largacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumani D20/2-uy oldida kaliti ichida qarovsiz qoldirilgan, shu uyda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.D. ga tegishli Cobalt rusumli avtomobil olib qochilgan», — deyiladi xabarnomada.
Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomobil Uchtepa tumani, 11-mavze, 2-uyda joylashgan «Malish» do‘koni qarshisida beton bordyurga urilgan holda topildi. Noma’lum shaxs avtomobil salonidagi 400 ming so‘m pul mablag‘larini olib, voqea joyida avtomobilni tashlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Yu.G‘. sodir etganligi aniqlanib, u 12 iyul kuni ushlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar