Yaponiyalik shifokor Sigeaki Xinoxara hayotdan ko‘z yumdi. U mamlakatning yuz yoshdan keyin ham mehnat faoliyatini davom ettirgan va faol uzoq umr ko‘rish timsoliga aylangan fuqarosi edi. Xinoxara 106 yoshida Tokioda hayot bilan vidolashdi, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasiga tayanib Kun.uz nashri.
Xinoxara Avliyo Luk nomidagi xalqaro klinikaning bosh shifokori, direktorlar kengashi raisi va faxriy bosh shifokorii edi. U 90 yoshida «To‘g‘ri yashash» nomli essesidan so‘ng tanildi. Bu asar 1,2 million nusxadan ortiq miqdorda nashr etildi. U sog‘lom turmush tarzi, hayotga ijobiy qarash va uzoq umr ko‘rish bir-biri bilan bog‘liq ekanini isbotladi.
Xinoxara 88 yoshida myuzikl uchun ssenariy yozib, unda qahramonlardan birini ijro etdi. 90 yoshida o‘z orzusini amalga oshirib orkestrga dirijyorlik qildi. U shifoxonadagi bemorlar uchun ham musiqa kechalari tashkil etib turar edi, deb yozadi telekompaniya.
Shifokor 105 yoshlik yubileyida tantanali ravishda nishonlab, mehmonlar bilan Tayvanga sayohat qilgan.
Sigeaki Xinoxara 18 iyul kuni ertalab nafas organlari etishmovchiligidan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi