21:45 / 25.07.2017
6 546

O‘zbekistonda "Qaynonalar kengashi" tashkil etildi

O‘zbekistonda "Qaynonalar kengashi" tashkil etildi
O‘zbekistondagi 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Qaynonalar kengashi" tashkil etildi.

Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora MA’RUFOVA intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Darakchi.uz nashri.

"Ota-bobolarimiz kelin tushganidan so‘ng 40 kun chilla saqlagan. Shu davrda qaynonalar kelinchakni yoniga olib, ro‘zg‘orning past-balandini, uydagi sharoitni o‘rgatgan. Afsuski, bugungi zamonaviy qaynonalarning ayrimlari hali yosh, tajribasiz bo‘lgani sababli kelinlarga qanday munosabatda bo‘lishni bilmaydi. Ko‘pni ko‘rgan, nuroniy qaynonalarning tajribasini ommalashtirish, ularning oila tutumi, kelin va farzandlarga muomala munosabatlardagi hayotiy saboqlarini yosh qaynonalar o‘rtasida keng targ‘ib etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish maqsadida 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Qaynonalar kengashi” jamoat tuzilmasi tashkil etildi. Mazkur jamoat tuzilmalari faoliyati Toshkent va Andijon viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahrida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari tomonidan o‘rganib borilmoqda",—deydi Gulnora MA’RUFOVA.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda "Qaynonalar kengashi" tashkil etildi