09:06 / 26.07.2017
5 397

Pokistonga sotilgan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytarildi

Pokistonga sotilgan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytarildi
O‘zbekiston Respublikasining Islomobod shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Pokistonga ishlash maqsadida borgan va odam savdosi qurboniga aylangan ikki nafar o‘zbekistonliklik fuqaro Z.A va Sh.X 20 iyul, payshanba kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Lahor-Toshkent reysi bilan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Ular yaqindagina voqea joyidan qochib, O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasiga murojaat qilishga muvaffaq bo‘ldi. Pokiston Ichki ishlar vazirligi va Tergov bo‘yicha federal byurosi ko‘magida kirish va chiqish qoidalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasdan Vatanga qaytishlari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston TIV Konsullik boshqarmasi fuqarolarni chet elga chiqishdan oldin xorijiy davlatning tegishli qonunchiligini e’tibor bilan o‘rganishga hamda qat’iyan qonun doirasida harakat qilgan holda ish qidirishga va ogoh bo‘lishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pokistonga sotilgan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytarildi