Bugun, 27 iyul kuni internet tarmog‘ida bir qizni pichoqlab qo‘yishgani tasvirlangan surat tarqaldi. Undagi izohga ko‘ra, voqea Toshkent shahridagi Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Noma’lum erkak qizni pichoqlagan, shundan so‘ng tibbiy tez yordam mashinasida jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan.
Hodisa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Suratda aks etganidek, yaralangan qizga ikki kishi yordam berishga urinmoqda, qolganlar esa bir chetda tomosha qilib turibdi. Buni ko‘rgan internet foydalanuvchilari voqea tomoshabinlariga e’tiroz bildirmoqda. Atrofdagi odamlar qatorida bir voyaga etmagan bolaning borligi, ayniqsa, achinarli holat.
Qaltis vaziyatda tomoshabin bo‘lish o‘rniga yordamga shoshilish azaliy o‘zbek odatlaridan biri emasmi?! Yosh bolalarni esa bunday hodisaga guvoh bo‘lishidan asrash biz kattalarning vazifasidir.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi