
Farg‘ona shahar IIB ga 2017 yil 19 iyul kuni, Farg‘ona shahrida yashovchi N.Xalikova ariza bilan murojaat qilib, 2017 yil 11 iyun kuni, Farg‘ona shahar Sayilgoh ko‘chasidagi aviakassadan «Farg‘ona-Sankt-Peterburg» yo‘nalishi bo‘yicha 2 905 000 so‘mga chipta sotib olganligini bildirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Farg‘ona viloyati IIB.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu chipta qalbaki bo‘lib, fuqaroga chiptani shu aviakassa ishchisi, Farg‘ona shahrida yashovchi F.Boltaev (ism-sharifi o‘zgartirilgan) firibgarlik yo‘li bilan sotganligini aniqlangan.
IIB TB tomonidan 2017 yil 24 iyul kuni F.Boltaevga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar