O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqqa minnatdorchilik bildirdi, deb yozadi Hordiq.uz.
«Tug‘ilgan kunimga 60 yil to‘lishi munosabati bilan uzoq-yaqindan qutlovlar, tabriknoma va maktublar yo‘llagan davlat va hukumat boshliqlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, barcha vatandoshlarimga o‘zimning samimiy minnatdorligimni izhor etaman.
Mening sha’nimga bildirilgan ezgu tabrik va tilaklarni, avvalambor, O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatimizning bugungi va ertangi kuniga bo‘lgan ishonch ifodasi sifatida qabul qilaman.
Fursatdan foydalanib, mehnatsevar, bag‘rikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin qalbimdan farzandlik mehrimni bildiraman.
Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining baxtu saodati va farovonligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish uchun bundan buyon ham bor kuch va g‘ayratim, bilim va tajribamni safarbar etaman». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin