Mahalliy OAVlarda 1-avgust kuni test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga uyali telefon yoki boshqa aloqa vositalari hamda shpargalka olib kirishga uringan abiturientlar imtihondan chetlashtirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda Sputnik nashri yozmoqda.
Shuningdek, bu yil abiturientlar test sinovi o‘tkazilgan binoni soat 12dan ilgari tark etmasliklari ham e’lon qilindi.
Aytilishicha, bu qoida ayrim «bilimdon»larning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida joriy etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayrimlar o‘quv yurtiga hujjat topshirib, imtihon kuni test savollarini telefoni orqali suratga olgan va xonani tark etgan. Telefonni esa uni tashqarida kutib turgan shaxsga bergan. Bu shaxs test savollarini echib, xonada imtihon topshirayotgan abiturientga telefon orqali javoblarni etkazib bergan.
Ayrim «ixtirochi» abiturientlar esa telefonni o‘z poyabzali poshnasiga yashirishgan. Shu bois bu yil har bir abiturientdan poyabzal echishi so‘ralib, tufli poshnasi bolg‘a bilan urilib tekshirilishi ham e’lon qilingan edi.
Ayni damda ijtimoiy tarmoqdagi Troll.uz guruhida e’lon qilingan videoda abiturientlar imtihon oldidan qay tarzda tekshirilayotganini ko‘rishingiz mumkin.
Imtihonga kiraverishdagi joyda xodimlardan biri ovoz karnayi orqali: «Shpargalka, valyuta har qanday buyumlarni o‘z ixtiyoringiz bilan togpshirishingiz shart. Bojxona xodimlari tomonidan aniqlansa testdan chiqib ketiladi», — degan gaplarni baqirib turibdi.
Shuningdek, «maxsus tekshiruvchilar» o‘g‘il bola abiturientlarning echilgan tuflilarini asfaltga «qars-qars» urib tekshirishayotgani aks etgan. (Dunyoning eng mashhur aeroportlarida yo‘lovchilar bu tarzda tekshiruvdan o‘tkazilmasa kerak)
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Troll joylagan video ostidan o‘z fikr mulohazalarini qoldirishmoqda.
Jumladan, Tim Azamatov nikli foydalanuvchi tekshirishdan oldin «aqlli» abiturientlar paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganish kerak emasmi, deb fikr bildirgan.
«Hozirgi tomosha OTMlarga kirish tizimining naqadar nochorligini ko‘rsatadi. Lekin nimagadir hech kim sabablarni o‘rganmayapti, hamma natijaga qarshi kurashish bilan band», — degan u.
Abdullava Shaxida esa imtihonlar odamlarning ustidan kulish tadbiriga aylanib borayotganidan shikoyat qilgan.
«Qizim imtihon topshirganida bechora o‘g‘il bolalarni tursikchan qilib tekshirishgan. Bechora yoshlar imtihon topshirgani keladimi yoki kamsitilish uchunmi? Men umuman «shok»ka tushganman. Qizlarni to‘siq ortida alohida tekshirishgan».
«Bolalarni xuddi ular jinoyatchidek tekshirishmoqda, tavba», — deb izoh qoldirgan Natalya Gureva.
Yuqorida keltirilgan videoda esa «shpargalka» bilan qo‘lga tushib, imtihondan chetlashtirilgan abiturient qiz bilan bog‘liq mojaro aks etgan.
Shu o‘rinda aytish joizki, «O‘zbektelekom» AK sal oldin abiturientlarning OTMlarga kirish imtihonlarini ochiq amalga oshirilishida texnik qo‘llab-quvvatlashi, Toshkent davlat yuridik universitetida imtihon internet tarmog‘ida onlayn-video yo‘li bilan namoyish etilishi haqida xabar bergan edi.
O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarida kirish imtihonlari onlayn tarzda o‘tkazilsa, shu bilan o‘tgan yillarda kuzatilgani kabi: «X variantni deb imtihonga kech qolgan va kiritilmagan» abiturientlar yoxud yuqorida tilga olingan kamsitilishlar va tuflini molotok bilan urib tekshirishdek kulgili holatlar barham topgan bo‘lmasmidi?
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...