16:01 / 02.08.2017
8 570

Bugun Ahmadboy ustidan sud jarayoni boshlandi

Bugun Ahmadboy ustidan sud jarayoni boshlandi
2 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida moliyaviy piramida qurganlikda ayblanayotgan Ahmadboy Tursunboyev ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Toshkent viloyati jinoiy ishlar bo‘yicha sud qabulxonasi vakili Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Xodimning so‘zlariga ko‘ra, sud jarayoni ancha vaqtga cho‘zilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Tursunboyev — Toshkent shahri Chinoz tumanida joylashgan «Chinoz xalol chorva» hamda «Chinoz avto Hamkor» korxonalari ta’sischisi. Ahmad Tursunboyev va uning xodimlari aholidan yiliga kamida 100 foizlik dividend va’dasi bilan milliy va chet el valyutalarini olish bilan shug‘ullanib kelgan. Va shu bilan birga ularga pullari qaytarilishi haqida hech qanday kafolat bermagan.

Bundan tashqari, tomonlar kelishuviga muvofiq, biror kor-xol ro‘y bergan taqdirda, pul bergan insonning yaqinlari pullar qaytarilishini talab qilishga haqli bo‘lmagan. Tursunboyev, yiliga 40% ustama haqi evaziga chet el valyutasini qarz berish bilan ham shug‘ullangan.

Aholidan olingan mablag‘larning bir qismiga chet eldan turli tovarlar va qimmatbaho buyumlar olib kelinib, tadbirkorlarga ustama foiz evaziga tarqatilgan. Tursunboyev bu pullardan o‘zi uchun qimmatbaho avtomobillar xarid qilgan, shohona boshpana qurgan.
Tursunboyev va uning yaqinlari uylarida, shuningdek, «boy»ga qarashli firmalarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ashyoviy dalil sifatida 13,139 milliard so‘m hamda 7,9 million AQSh dollari olib qo‘yilgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun Ahmadboy ustidan sud jarayoni boshlandi