15:04 / 08.08.2017
6 244

Samarqandda yarim tonna etil spirti ortilgan “Lasetti” to‘xtatib qolindi

Samarqandda yarim tonna etil spirti ortilgan “Lasetti” to‘xtatib qolindi
Yaqinda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi etil spirtining noqonuniy aylanmasini fosh qilishdi.

Viloyat hududida harakatlanayotgan «Lacetti» rusumli avtomashinasi boshqarayotgan fuqaro H.Eshimov dastlab huquqni muhofaza qiluvchi dioralar vakillarining to‘xtash ishorasiga buysunmasdan, gazni bosadi. Ammo, qochishga urinishlar naf bermadi.

To‘xtatilgan avtomashina huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasiga 23 dona elim idishlar ortilgani aniqlandi.

Elim idishlarda esa umumiy hajmi 500 litr bo‘lgan spirt borligi ma’lum bo‘lib, haydovchi keyinchalik qayta sotish uchun ko‘zlangan ushbu mahsulotga tegishli bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Tezkor tadbir davomida olib qo‘yilgan 500 litr spirt va “Lasetti” avtomashinasi vaqtincha saqlovga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash to‘g‘risida” 1998 yil 15 maydagi 213-sonli qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlangan. Etil spirtining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali tranziti faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Mazkur qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirti g‘ayriqonuniy olib kelinganda va tranzit orqali o‘tkazilganda hamda shunday hollar korxonalarda va savdoda aniqlanganda spirtni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati bildirishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1861-moddasiga binoan etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Manba: 1news.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda yarim tonna etil spirti ortilgan “Lasetti” to‘xtatib qolindi