Bugun, 9 avgust kuni o‘tkazilgan videoselektorda Toshkent shahri hokimi Rahmonbek Usmonov prezident Shavkat Mirziyoyev tanqidiga uchradi.
«Kun» muxbiri xabar berishicha, prezident shahar hokimini o‘z so‘zlarini yaxshi anglamaslikda ayblagan.
«Bitta gap aytgandim, shahar hokimi keyingi kuni shahardagi hamma restoranni yoptiribdi.
Bu menga qilgan do‘stligimi? «Mirziyoyev aytdi, hammayoqni yopish kerak, to‘y bo‘lmaydi» dermish.
Avval tizim qil, tartib qil. Yoningga kallasi ishlaydigan odamlarni yig‘sang bo‘lmaydimi?
Odamlar og‘zida gap yuribdi. «Nima emish, Mirziyoyev to‘yni yopish kerak, deganmish».
Men to‘yxonalarni yopish kerak demadim, to‘ylarni tartibga keltirish kerak dedim.
Deputatlar va mahallalar raislari ko‘rib chiqib, qo‘l qo‘yib, shahar kengashiga tasdiqlatib, elga bildirib, odamlarga o‘qitib, keyin joriy qilish kerak.
Usmonovga o‘xshaganlar borib bir kunda qaror chiqarvoradi. O‘zi o‘qimagan ham.
Bunday do‘stdan o‘nta dushman yaxshiku. Usmonov shahar hokimi bo‘lsa, boshqa dushman kerak emas menga.
Ertangi kuni hammani yig‘ib, «Mirziyoyev aytdi, bunaqa to‘y qilish mumkin emas» debdi.
Avval o‘rganish kerak, tartib o‘rnatish kerak, odamlarning roziligini olish kerak», degan prezident.
Davlat rahbari shu bilan birgalikda to‘ylardagi dabdababozlikni qoralagan.
«600 kg guruchdan osh qilinyapti. Undan ko‘ra, etimxonaga borib osh bersin», degan Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kunlar davomida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov poytaxtdagi to‘y va ma’rakalarni ixchamlashtirishga kirishgani haqida xabarlar tarqaldi.
Hokim farmoyishi bilan tasdiqlangan tartibnomaga ko‘ra, endilikda Toshkent shahrida to‘y-hasham, tantana, marosim va boshqa oilaviy tadbirlarga taklif etilganlar soni 300 kishidan ortmasligi shartligi, bundan buyon Toshkentdagi to‘ylarda kelin-kuyovning vals tushishi, pul sochish-u gul otish hamda tort kesish taqiqlanishi ko‘rsatilgandi.
Undan oldinroq, 4 avgust kuni san’at va madaniyat sohasi vakillari bilan uchrashuvda ham prezident to‘ylardagi dabdababozlik haqida to‘xtalgandi.
Shundan so‘ng matbuot va televidenieda ham to‘ylardagi dabdababozlikni qoralash avj oldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi