SAVOL: Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi uylardan xarid qilgan boshqa viloyat fuqarolariga poytaxtdan propiskaga o‘tishi mumkinligi haqida o‘qib qoldim. Uning izohlarida ya’ni “to‘lovni bank hisob raqami orqali amalga oshiradi”, deb ko‘rsatilganligi uy narxni bank orqali ipoteka ko‘rinishida to‘lasa bo‘ladimi?
Ikromjon Artikboyevich Hazratkulov
JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qonunning 22-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1998 yil 2 oktyabrdagi PF-2084-sonli Farmoni talablariga asosan tijorat banklari kredit operasiyalarini bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan «Kredit siyosati» asosida mustaqil amalga oshiradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 527-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-sonli «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, Ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda ham amalga oshiriladi.
Bunda, yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»